Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9220 marta o'qildi

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar himoya qilinadi

Qaysi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish mumkin?

Tazyiq yoki zo‘ravonlik holati haqida quyidagi raqamlar orqali xabar berish mumkin:

  • 112 — yagona dispetcherlik xizmati;
  • 102 — ichki ishlar organlarining navbatchilik qismi;
  • 1146 — qisqa raqamli ishonch telefoni.

Telefondan tashqari qaerga murojaat qilish mumkin?

Tazyiq va zo‘ravonlik holati haqida:

  • «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga;
  • hududdagi ijtimoiy xodimga;
  • profilaktika inspektoriga ham bevosita murojaat qilish mumkin.

Kim xabar berishi mumkin?

Murojaatni tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan xotin-qiz, shuningdek holatdan xabardor bo‘lgan boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs berishi mumkin. Murojaat kelib tushgach, vakolatli organlar holatni baholash, zarur ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va himoya choralarini ko‘rish bo‘yicha belgilangan tartibda harakat qiladi.

Eslatma: hayot yoki sog‘liqqa bevosita xavf mavjud bo‘lsa, 112 yoki 102 raqamiga zudlik bilan murojaat qilish lozim.

Chat