Jarima ballari jadvali
|
MJtK moddasi va qoidabuzarlik |
Ball |
|
125-modda 3-qism — tormoz tizimi, rulь boshqaruvi yoki ulovchi qurilmasi nosoz, shuningdek ruxsatsiz qayta jihozlangan transport vositasini boshqarish |
0,3 |
|
125-modda 5-qism — foydalanish taqiqlangan yoki davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan echib olingan transport vositasini boshqarish |
1 |
|
126-modda 1-qism — ruxsatsiz qoraytirilgan yoki ko‘rishni cheklovchi qoplamali transport vositasidan foydalanish |
0,5 |
|
126-modda 2-qism — shu qoidabuzarlikni bir yil ichida takror sodir etish |
1 |
|
127-modda 1-qism — tovush signalini sababsiz berish, nazarda tutilmagan tovush yoki yoritish qurilmalarini o‘rnatish |
0,2 |
|
128³-modda 1-qism — tezlikni soatiga 20 km gacha oshirish |
0,5 |
|
128³-modda 2-qism — tezlikni soatiga 20 km dan ortiq, 40 km gacha oshirish |
1 |
|
128³-modda 3-qism — tezlikni soatiga 40 km dan ortiq, 60 km gacha oshirish |
1,5 |
|
128³-modda 4-qism — tezlikni soatiga 60 km dan ortiq oshirish |
2 |
|
128⁴-modda 2-qism — svetofor yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tish |
1 |
|
128⁵-modda 1-qism — tezkor va maxsus xizmat transport vositasining o‘tishiga xalaqit berish |
0,5 |
|
128⁵-modda 2-qism — qarama-qarshi harakatlanish tomoniga chiqish yoki avariya holatini yuzaga keltirish |
1 |
|
128⁶-modda — to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish |
0,2 |
|
128⁸-modda 1-qism — odam tashish qoidalarini buzish |
0,3 |
|
128⁸-modda 2-qism — zarur bo‘lgan holda ichki ishlar organlari hamrohligisiz avtobus yoki mikroavtobusda odam tashish |
0,5 |
|
128⁹-modda — quvib o‘tish qoidalarini buzish |
1 |
|
129-modda — yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakatlanishda qatnashish |
1,5 |
|
130-modda — temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalarini buzish |
1 |
|
137-modda 1-qism — yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan qoidani buzgan holda ketib qolish |
2 |
Muhim: jarima balli qo‘llanilishi haydovchini MJtKda belgilangan asosiy ma’muriy jazodan ozod qilmaydi. Bir qoidabuzarlik uchun tegishli jazo bilan birga jadvaldagi ball ham hisoblanadi.
2026-yil 1 apreldan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi aniqlagan, jadvalda nazarda tutilgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari hisoblanadi.
Haydovchi aniqlangan bo‘lsa, ball unga; aniqlanmagan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasiga ega transport vositasi mulkdoriga hisoblanadi.