Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8191 marta o'qildi

Yo‘l chiziqlarini bosganda endi jarima qo‘llanilmaydi

Avtomatik kamera jarima yozmaydigan holat

2025-yil 1-iyundan yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilangan talablarga rioya etmaslik holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masalan, haydovchining harakatlanish tasmalari orasidagi chiziqni bosishi yoki chiziqlar talabiga rioya etmasligi avtomatik kameraning o‘zi asosida rasmiylashtirilmaydi.

YHXX xodimi qoidabuzarlikni rasmiylashtirishi mumkin

Kamera orqali qayd etilmasligi yo‘l chiziqlari talablari bekor qilinganini anglatmaydi.

Agar qoidabuzarlik YHXX xodimi tomonidan bevosita aniqlansa, u qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishi mumkin.

Muhim: mazkur engillik faqat qoidabuzarlikni avtomatlashtirilgan foto va video vositalari orqali qayd etishga taalluqli. Haydovchi yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari va xavfsiz harakat talablariga rioya qilishi shart.

To‘xtash chizig‘i bo‘yicha istisno

Svetoforning qizil signalida yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida harakatni davom ettirish yo‘l chizig‘ini oddiy bosish emas, balki taqiqlovchi signalga bo‘ysunmaslik sifatida baholanadi.

Shu sababli taqiqlovchi signalda to‘xtash chizig‘idan o‘tib, chorrahaga kirish kamera orqali qayd etilishi va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Chat