Yuqori harorat haydovchining diqqati va reaktsiya tezligini pasaytirishi, suvsizlanish va issiq urishiga olib kelishi mumkin. Quyosh ostida qolgan avtomobilь saloni esa tashqi havodan ancha yuqori haroratgacha qiziydi.
Quyoshda uzoq turgan avtomobilь salonini sovitish uchun:
Avtomobilь qarovsiz qoldirilganda oynalarni ochiq qoldirish xavfsizlik, yog‘ingarchilik va salonga chang kirishi nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi.
Muhim! Bolalar, keksalar, sog‘lig‘i zaif shaxslar va hayvonlarni yopiq avtomobilda qisqa vaqtga ham yolg‘iz qoldirish mumkin emas.
Oynaning biroz ochiq qoldirilishi salonda haroratning xavfli darajaga ko‘tarilishini to‘xtatmaydi. Zarur holatda darhol 112 yagona dispetcherlik xizmatiga murojaat qilish kerak.
Yoz mavsumi boshlanishidan oldin:
Muhim! Qizigan dvigatelda radiator yoki kengaytirish bachogi qopqog‘ini ochmang. Qaynoq suyuqlik og‘ir kuyishga sabab bo‘lishi mumkin.
Antifriz kamayganda avtomobilni ishlab chiqaruvchining qo‘llanmasiga muvofiq suyuqlik qo‘shiladi. Distillangan suvdan faqat favqulodda holatda va dvigatelь soviganidan keyin foydalanish mumkin.
Shinadagi bosim shina sovuq holatda tekshiriladi. Qizib turgan shinada bosim yuqori ko‘rinishi tabiiy, shu sababli bunday paytda havoni o‘zboshimchalik bilan chiqarib yuborish mumkin emas.
Protektor, yon devorlardagi yoriqlar, shina ishlab chiqarilgan sana va zaxira g‘ildirak holati ham tekshiriladi. Tormoz suyuqligining sathi va almashtirish muddati ishlab chiqaruvchi tavsiyasiga muvofiq nazorat qilinadi.
Yonilg‘i quyish shoxobchasida bakni pistolet avtomatik ravishda o‘chganidan keyin qo‘shimcha ravishda to‘ldirish tavsiya etilmaydi.
Gaz-ballon uskunasi o‘rnatilgan avtomobilda ballon, quvurlar, klapanlar va mulьtiklapanning sozligi muntazam tekshiriladi. Gaz hidi sezilsa, dvigatelь ishga tushirilmaydi va avtomobilь ochiq joyda qoldirilib, mutaxassis chaqiriladi.
Quyosh ostidagi avtomobilda:
Avtomobilь to‘xtab turganda old oynaga maxsus quyoshdan himoya ekrani o‘rnatish mumkin. Avtomobilь uchun mo‘ljallangan sifatli yopqich ham kuzov va salonning qizishini kamaytiradi.
Oynalarni qoraytirish faqat belgilangan texnik talablar asosida amalga oshiriladi. Tegishli hollarda avtomobilь oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olinishi kerak.
Haydovchi har qanday ob-havoda harakat tezligini yo‘l, ko‘rinish va transport vositasining holatini hisobga olgan holda tanlashi shart. Bu talab Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan.