Jismoniy shaxs o‘ziga tegishli avtomototransport vositasini boshqarish huquqini boshqa shaxsga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ishonchnoma rasmiylashtirish yo‘li bilan berishi mumkin.
Ariza beruvchi portaldan ro‘yxatdan o‘tib, elektron so‘rovnomani to‘ldiradi. Unda:
Ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan transport vositasining mulkdori bo‘lmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi. Ishonchnoma kiritiladigan shaxslar soniga cheklov belgilanmagan.
Elektron ishonchnoma ariza beruvchining tanloviga ko‘ra:
Ishonchnomaning muddatini uzaytirish mumkin emas. Muddat tugagach, zarurat bo‘lsa yangi ishonchnoma rasmiylashtiriladi.
Elektron ishonchnoma uchun davlat boji notarial ishonchnoma uchun belgilangan stavkaga nisbatan:
Notarial ishonchnoma uchun asosiy stavka yaqin qarindoshlarga BHMning 50 foizi, boshqa shaxslarga BHMning 2 baravari miqdorida belgilangan. To‘lanadigan aniq summa ishonchnoma muddati va ishonchli shaxsning mulkdorga qarindoshlik darajasi asosida portal tomonidan hisoblanadi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat bojini to‘lashda 50 foiz chegirma qo‘llaniladi.
Davlat boji to‘langanidan keyin ishonchnoma «Notarius» axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. QR-kodli ishonchnoma real vaqt rejimida shakllantirilib, ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Elektron shaklda rasmiylashtirilgan QR-kodli ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Ishonchnoma haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ham avtomatik yuboriladi. Haydovchi xohishiga ko‘ra ishonchnoma nusxasini YHXX xodimiga ko‘rsatishi mumkin.
Mulkdor ishonchnomani istalgan vaqtda va to‘lovsiz YaIDXP orqali bekor qilishi mumkin.
Ishonchnoma quyidagi hollarda ham bekor bo‘ladi:
Ishonchnoma muddatidan oldin bekor qilinsa yoki takroriy ishonchnoma rasmiylashtirilsa, avval to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.