Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5803 marta o'qildi

Xizmatdan foydalanish

AvtoXabar xizmati orqali foydalanuvchi avtomobilь davlat raqamini kiritib, uning egasiga yo‘lda yuzaga kelgan vaziyat haqida xabar yuborishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun:

  1. MyGov mobil ilovasiga kiriladi.
  2. AvtoXabar xizmati tanlanadi.
  3. Avtomobilning davlat raqami kiritiladi.
  4. Tayyor xabarlardan biri tanlanib yuboriladi.

Xabar qabul qiluvchiga push-bildirishnoma shaklida keladi.

Xizmat ishlashi uchun shartlar

Xabar faqat avtomobilь egasi o‘z transport vositasini MyGov tizimiga qo‘shgan va mobil ilovada bildirishnomalarni qabul qilish imkoniyati yoqilgan bo‘lsa etkaziladi.

Agar transport vositasi tizimga qo‘shilmagan, egasining MyGov akkaunti mavjud bo‘lmagan yoki bildirishnomalar o‘chirilgan bo‘lsa, xabar qabul qiluvchiga etib bormasligi mumkin.

AvtoXabar avtomobilь egasining telefon raqami, F.I.O. yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarini xabar yuboruvchiga ko‘rsatmaydi. Xizmat avtomobilь raqami orqali shaxsni aniqlash vositasi hisoblanmaydi.

Yuboriladigan xabarlar

Xizmatda foydalanuvchi erkin matn yozmaydi. Quyidagi kabi oldindan tayyorlangan xabarlardan biri tanlanadi:

  • «Yo‘limni to‘sib qo‘ygansiz»;
  • «Faralaringiz nosoz»;
  • «Avtomobilь nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan joyda to‘xtatilgan»;
  • «Faralaringiz yoqilgan»;
  • «Avtomobilingiz signalizatsiyasi ishga tushgan»;
  • «G‘ildiragingizda havo kamaygan»;
  • «Avtomobilingizning eshigi yoki oynasi ochiq».

Tayyor xabarlardan foydalanish shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmasdan, avtomobilь egasini tezkor ogohlantirish imkonini beradi.

Xizmatning amaliy cheklovlari

AvtoXabar orqali yuborilgan xabar:

  • YHXXga rasmiy murojaat hisoblanmaydi;
  • qoidabuzarlik haqida ma’muriy bayonnoma tuzilishiga asos bo‘lmaydi;
  • transport vositasini evakuatsiya qilish to‘g‘risidagi talab o‘rnini bosmaydi;
  • favqulodda vaziyatda tezkor xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilishni almashtirmaydi.

Agar avtomobilь harakatni jiddiy to‘sib qo‘ygan, yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘dirayotgan yoki huquqbuzarlik sodir etilayotgan bo‘lsa, tegishli vakolatli organga murojaat qilish lozim.

Chat