
BHM miqdori
2026-yil 31-avgustga qadar BHM — 412 000 so‘m.
2026-yil 1 sentyabrdan BHM — 440 000 so‘m.
Quyida birinchi bo‘lib 2026-yil 31-avgustgacha amal qiladigan summa, qavs ichida esa 2026-yil 1 sentyabrdan qo‘llaniladigan summa ko‘rsatilgan.
Transport vositasidan foydalanish qoidalarini buzish
- Xavfsizlik kamaridan yoki motoshlemdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik — ma’muriy ogohlantirish yoki 0,5 BHM: 206 000 so‘m (220 000 so‘m).
- Tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirgich, avariya holatida to‘xtash belgisi yoki nur qaytargichli kamzul mavjud bo‘lmagan transport vositasini boshqarish — ma’muriy ogohlantirish yoki 0,5 BHM: 206 000 so‘m (220 000 so‘m).
- Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan yoki foydalanish man etiladigan darajada nosoz transport vositasini boshqarish — ma’muriy ogohlantirish yoki 0,5 BHM: 206 000 so‘m (220 000 so‘m).
- Tormoz tizimida, rulь boshqaruvida yoki ulovchi qurilmasida nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan transport vositasini boshqarish — 1 BHM: 412 000 so‘m (440 000 so‘m).
- Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan yoki davlat raqami belgisi o‘zboshimchalik bilan echib olingan transport vositasini boshqarish — 5 BHM: 2 060 000 so‘m (2 200 000 so‘m).
- Boshqa transport vositasiga tegishli davlat raqami belgisi bilan boshqarish — 10 BHM: 4 120 000 so‘m (4 400 000 so‘m).
Hujjatlar va majburiy sug‘urta
Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan zarur hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish — 1 BHM: 412 000 so‘m (440 000 so‘m).
Biroq haydovchida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki ID-karta mavjud bo‘lsa, quyidagilarni alohida olib yurish talab etilmaydi:
- haydovchilik guvohnomasi;
- transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
- transport vositasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
- majburiy sug‘urta polisi;
- oynalar tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnoma.
Sug‘urta polisida nazarda tutilmagan davrda transportni boshqarish yoki polisda faqat muayyan haydovchilar boshqarishi belgilangan bo‘lsa, ushbu shartlarni buzish — ma’muriy ogohlantirish yoki 0,5 BHM: 206 000 so‘m (220 000 so‘m).
To‘xtash, telefon va svetofor qoidalarini buzish
- To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish — ma’muriy ogohlantirish yoki 2 BHM: 824 000 so‘m (880 000 so‘m).
- Transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan qo‘lda foydalanish — ma’muriy ogohlantirish yoki 3 BHM: 1 236 000 so‘m (1 320 000 so‘m).
- Svetoforning taqiqlovchi signalida to‘xtash chizig‘ini bosib kirish — 0,5 BHM: 206 000 so‘m (220 000 so‘m).
- Svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay o‘tish — 3 BHM: 1 236 000 so‘m (1 320 000 so‘m).
- Qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga yo‘l harakati qoidalarini buzib chiqish yoki avariya holatini yuzaga keltirish — 10 BHM: 4 120 000 so‘m (4 400 000 so‘m).
Belgilangan tezlikni oshirish
- Tezlikni soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirish — 1 BHM: 412 000 so‘m (440 000 so‘m).
- Tezlikni soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirish — 5 BHM: 2 060 000 so‘m (2 200 000 so‘m).
- Tezlikni soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirish — 9 BHM: 3 708 000 so‘m (3 960 000 so‘m).
- Tezlikni soatiga 60 kilometrdan ortiq oshirish — 15 BHM: 6 180 000 so‘m (6 600 000 so‘m).
Tezlikni oshirganlik uchun jazo qo‘llanganda o‘lchov uskunasi va transport vositasi spidometridagi ehtimoliy xatolar hisobga olinib, qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlanadi.
Mast holda boshqarish
Transport vositasini alkogolli ichimlikdan mast holda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud shaxsning aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarish:
- transport vositasini boshqarish huquqidan 3 yil muddatga mahrum qilish;
- 40 BHM: 16 480 000 so‘m (17 600 000 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bunday huquqbuzarlikni transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs sodir etsa, unga 50 BHM: 20 600 000 so‘m (22 000 000 so‘m) jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin.
Tibbiy tekshiruvdan bosh tortish
Mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortish:
- transport vositasini boshqarish huquqidan 3 yil muddatga mahrum qilish;
- 30 BHM: 12 360 000 so‘m (13 200 000 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tekshiruvdan bosh tortsa, unga 50 BHM: 20 600 000 so‘m (22 000 000 so‘m) jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin.
Ma’muriy ogohlantirish avtomatik ravishda qo‘llanilmaydi. U huquqbuzar qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganda va boshqa huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmaganda vakolatli organ tomonidan qo‘llanilishi mumkin.