
Ko‘p kvartirali uydagi turar va noturar joy mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarida ishtirok etishi shart. Kvartirada yashamaslik yoki ayrim umumiy joylardan foydalanmaslik mulkdorni ushbu majburiyatdan ozod qilmaydi.
To‘lovlar, jumladan:
Kirish yo‘laklari va lift xonalari boshqarish organi tomonidan haftada kamida bir marta tozalanishi kerak.
Majburiy badal yoki to‘lov miqdori mulkdorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. U vakolatli organ belgilagan eng kam miqdordan past bo‘lmasligi kerak.
Eng kam miqdor har bir tuman yoki shahar va uyning qavatlar tasnifi bo‘yicha bir kvadrat metr hisobida belgilanadi. Mulkdor to‘laydigan summa, odatda, unga tegishli joy maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.
Mulkdor quyidagilar bilan tanishishga haqli:
Boshqarish organi majburiy to‘lovlar hisobini har bir uy va kvartira kesimida yuritishi shart. Bir nechta uyni boshqaruvchi tashkilot bir uydan tushgan mablag‘ni asossiz ravishda boshqa uy ehtiyojlari uchun sarflamasligi kerak.
Muhim: faqat og‘zaki «mablag‘ ta’mirga sarflandi» degan javob etarli emas. Mulkdor smeta, dalolatnoma, shartnoma va to‘lov hujjatlarini ko‘rsatishni talab qilish huquqiga ega.
Yil yakunida yakuniy hisob-kitob amalda bajarilgan ishlar hajmi, sifati va muddatlari asosida amalga oshiriladi.
Tartib «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi Qonun va majburiy badallar yoki to‘lovlarning eng kam miqdorini aniqlash to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan.