Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2550 marta o'qildi

Daraxtlarga tegmang xalq nazoratida

Platformada qanday ma’lumotlarni ko‘rish mumkin?

2025-yil 1 oktyabrdan «Yashil makon» elektron platformasida loyiha doirasidagi ishlarni jamoatchilik uchun ochiq ko‘rsatish mexanizmi joriy etilgan.

Platformada aholi tashabbusi bilan daraxt ekish mumkin bo‘lgan joylar bo‘yicha:

  • hudud, ko‘cha va koordinatalar;
  • suv bilan ta’minlanganlik holati;
  • kelgusida parvarish qilish imkoniyati;
  • ekilishi rejalashtirilgan daraxt turlari haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish nazarda tutilgan.

Byudjet mablag‘lari sarfini ham kuzatish mumkinmi?

Ha. «Yashil makon» doirasida Davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan loyiha ishlari haqidagi ma’lumotlar ham platformada ochiq ko‘rsatilishi belgilangan.

Bu fuqarolarga ko‘chat ekish, parvarishlash va loyiha doirasidagi boshqa ishlar uchun byudjet mablag‘lari qanday sarflanayotganini kuzatish imkonini beradi.

Daraxt kesishga ruxsat so‘ralganini bilish mumkinmi?

Ha. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish yoki ko‘chirib o‘tkazishga ruxsatnoma olish uchun berilgan arizalar bo‘yicha jamoatchilikka:

  • ariza beruvchi haqidagi ma’lumot;
  • daraxtni kesish yoki ko‘chirish sababi;
  • daraxt joylashgan aniq manzil;
  • daraxtning holati;
  • foto va videomateriallar taqdim etilishi nazarda tutilgan.

Shu tariqa daraxtni kesish haqida qaror qabul qilinishi oldidan uning sababi va holati jamoatchilikka ochiq bo‘ladi.

Noqonuniy kesilgan daraxtlar haqida ham ma’lumot beriladimi?

Platformada qimmatbaho daraxt va butalarni qonunga xilof kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya tarzida ekilgan ko‘chatlar hisobini yuritish belgilangan.

Shuningdek, daraxtlarni noqonuniy kesgan jismoniy va yuridik shaxslar, sodir etilgan huquqbuzarliklar va ular yuzasidan ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlar platformaga doimiy ravishda kiritib boriladi.

Eslatma: platformada daraxtni kesish bo‘yicha ariza mavjudligi uni kesishga ruxsat berilganini anglatmaydi. Ruxsat berish masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Chat