
O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimiga kiradi.
Agentlik o‘rmon xo‘jaligi, yashil hududlarni kengaytirish, ko‘chatchilikni rivojlantirish va cho‘llanishga qarshi kurashish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.
Agentlik:
Agentlik «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish, ko‘chatchilikni rivojlantirish va daraxt hamda buta ko‘chatlari pitomniklarini ko‘paytirish bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Ekologiya qo‘mitasi esa o‘rmonlarni muhofaza qilish, qayta tiklash, yashil hududlarni yaratish va «Yashil makon» doirasida davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish vakolatiga ega.
2025-yil 1 noyabrdan o‘rmon fondi er maydonlari alohida muhofaza etiladi. Ularning er fondi toifasini o‘zgartirish Prezident qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatma: o‘rmon xo‘jaligiga oid masalalarda Agentlik, ekologik qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazorati masalalarida esa Ekologiya qo‘mitasi va uning Ekopolitsiya tuzilmalari tegishli vakolatlarni amalga oshiradi.