Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10870 marta o'qildi

«Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida»gi yangi Qonun 2026-yil 21 aprelda O‘RQ-1137-son bilan qabul qilindi va 2026-yil 22 iyuldan kuchga kirdi.

Jamiyatning faoliyat turlari

MChJ qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan, shu jumladan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug‘ullanishi mumkin.

Litsenziya, ruxsatnoma yoki xabardor qilish tartibi talab etiladigan faoliyatlar bundan mustasno.

Jamiyatni boshqarish

Qonunda:

  • ishtirokchilar umumiy yig‘ilishi qarorlarini sirtdan ovoz berish orqali qabul qilish;
  • kuzatuv kengashini tashkil etish va uning vakolatlari;
  • kuzatuv kengashi va ijro organlarining fidutsiar majburiyatlari;
  • minoritar va majoritar ishtirokchilarning huquqlari;
  • boshqaruv organlari qarorlari ustidan shikoyat qilish tartiblari batafsil belgilandi.

Davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan MChJ kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritilishi kerak.

Nazorat va audit

Aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming baravaridan ortiq va davlat ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi.

Affillangan shaxslar bilan bitimlar, yirik bitimlar, manfaatdorlik mavjud bitimlar va auditorlik tekshiruvlariga oid qoidalar alohida belgilangan.

2001-yil 6-dekabrdagi 310-II-sonli «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonun 2026-yil 22 iyuldan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Amaldagi tartib 2026-yil 21 apreldagi O‘RQ-1137-son «Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilanadi.

Chat