Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3151 marta o'qildi

Qonunning kuchga kirishi

2025-yil 9-iyundagi O‘RQ-1067-son Qonun 2025-yil 10 iyundan kuchga kirgan.

Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksi va «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunga, shuningdek sud tizimiga oid ayrim boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Sukut saqlash va aybsizlik prezumptsiyasi

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi:

  • o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas;
  • istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin;
  • o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi ko‘rsatuv berishga majbur emas.

Aybdorlikka oid bartaraf etib bo‘lmaydigan shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Muhim: shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

Himoyalanish va yuridik yordam olish huquqi

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida:

  • himoyalanish huquqi;
  • o‘zini himoya qilish uchun zarur imkoniyatlar;
  • malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda malakali yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi.

Qarindoshning sudlanganligi huquqni cheklamaydi

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

Fuqarolar davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qarindoshi sudlanganligi sababli ularning huquqlarini cheklovchi qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Sudьyalar mustaqilligi

Sudьyalar mustaqil bo‘lib, faqat Konstitutsiya va qonunlarga bo‘ysunadi. Ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashish taqiqlanadi va qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sudьyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor emas.

Sudьyani:

  • muayyan ish muhokamasidan chetlashtirish;
  • vakolatlarini to‘xtatib turish;
  • boshqa lavozimga o‘tkazish

faqat qonunda belgilangan tartib va asoslar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.

Muhim: mazkur kafolatlar sudьyaning qonundan tashqari harakat qilishiga ruxsat bermaydi. Sud hujjatlari qonunda belgilangan apellyatsiya, kassatsiya yoki boshqa tartibda tekshiriladi.

Chat