Nomimdagi uyni kredit hisobiga sotib olganman, lekin bugungi kunda kreditni to‘lashga sharoitim bo‘lmagani uchun uyni sotmoqchiman. Shu uyni sotib oluvchining nomiga krediti bilan birga o‘tkazib bersam bo‘ladimi?
1821 marta o'qildi
Javob: Kreditga olingan uyni garovga olgan bank ta’qiq saqlangan holda uni boshqa shaxsga o‘tkazishga rozilik xati berishi kerak. Aks holda, kredit to‘liq so‘ndirilib, uy ta’qiqdan chiqarilgandan so‘nggina boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.