Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 26657 marta o'qildi
ONE ID  login yoki parolingiz esdan chiqdimi? 60 soniyada tiklang! 

Login yoki parolь esdan chiqsa nima qilish kerak?

OneID hisob yozuviga kirish imkoni bo‘lmasa, login yoki parolni tizim orqali mustaqil ravishda tiklash mumkin.

Buning uchun:

  • id.egov.uz saytiga kiring;
  • «Login yoki parolь esdan chiqdimi?» bo‘limini tanlang;
  • JShShIR va tizimga bog‘langan telefon raqamini kiriting;
  • SMS orqali kelgan kodni tasdiqlang;
  • tizim ko‘rsatmasi asosida yangi parolь o‘rnating.

SMS-kod kelmasa nima qilish kerak?

Quyidagilarni tekshiring:

  • telefon raqami to‘g‘ri kiritilganini;
  • raqam OneID hisob yozuviga bog‘langanini;
  • telefonda tarmoq mavjudligini;
  • SMS-xabarlar bloklanmaganini.

Telefon raqami almashgan yoki tizimdagi ma’lumotlarga kirish imkoni bo‘lmasa, OneID texnik yordam xizmatiga murojaat qilish lozim.

Parolь qanday bo‘lishi kerak?

Yangi parolь:

  • boshqa saytlarda ishlatilmaydigan;
  • harf, raqam va maxsus belgilardan iborat;
  • boshqalar oson topa olmaydigan mustahkam parolь bo‘lishi kerak.

SMS-kod va yangi parolni hech kimga aytmang.

Yagona identifikatsiya tizimi

Chat