Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10051 marta o'qildi

Vakolatli tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Quyidagilar arizada ko‘rsatiladi:
  • pasport nusxasi (yuridik shaxslar STIR);
  • hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami, ov qurolini olib yurish va saqlashga ichki ishlar organlari ruxsatnomasining tartib raqami (agar otish ko‘zda tutilsa);
  • hayvonlarni tutishning maqsadi;
  • baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda — tutish qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar va boshqalar, ularning soni, kataklarning o‘lchami), suzish vositalari (katerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);
  • hayvonlarni tutish muddatlari;
  • hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);
  • tutish usuli (tutish, otish);
  • tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlari.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im:
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan BHMning 0,1 koeffitsienti miqdorida;
  • tabiatdan foydalanuvchilardan — yuridik shaxslardan BHMning 0,2 koeffitsienti miqdorida;
  • xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Muddat: 15 kundan oshmagan muddatda.

Chat