Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3475 marta o'qildi

Teperь mayning razreshen tolьko za schet solnechnoy energii

Mayning va mayner tushunchasi

Mayning — taqsimlangan ma’lumotlar reestrini yuritish, hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali yangi bloklarni yaratish va ularning yaxlitligini tasdiqlash faoliyatidir.

O‘zbekistonda mayning bilan faqat yuridik shaxs ruxsatnoma asosida shug‘ullanishi mumkin. Ruxsatnoma boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi.

Ruxsatnoma olish

Ruxsatnoma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan elektron shaklda, maxsus ro‘yxatga olish tizimi orqali beriladi.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati — besh yil. Mayning faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan va ro‘yxatga olingan manzilda amalga oshirilishi kerak.

Mayning uskunalari joylashtirilgan ob’ekt:

  • yong‘in xavfsizligi talablariga;
  • sanitariya normalariga;
  • elektr tarmoqlarining texnik talablariga;
  • elektr energiyasini avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.

Elektr energiyasidan foydalanish

Umumiy qoidaga ko‘ra, mayning elektr energiyasi quyosh fotoelektr stantsiyalari orqali ishlab chiqarilgan energiya hisobidan amalga oshiriladi.

Qonunchilikda belgilangan hollarda yagona elektr energetika tizimiga ulanishga ruxsat berilishi mumkin. Bunda alohida hisobga olish uskunasi o‘rnatilishi va energiya iste’moli avtomatlashtirilgan tizimda qayd etilishi shart.

Oylik yig‘im

Mayning faoliyati uchun ruxsatnoma olgan shaxs har oy bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida yig‘im to‘laydi.

Yig‘im har oyning 10-sanasiga qadar oldindan to‘lanadi. Ruxsatnoma oyning 20-sanasiga qadar olinsa, yig‘im shu oy uchun to‘liq to‘lanadi; 20-sanadan keyin olinsa, to‘lov keyingi oydan boshlanadi.

«Besqala Mining Valley» maxsus mayning zonasi rezidentlari uchun qonunchilikda belgilangan muddatgacha alohida imtiyozlar, jumladan ayrim yig‘imlardan ozod qilish nazarda tutilgan.

Taqiqlangan harakatlar

Quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • ruxsatnomasiz mayning;
  • yashirin mayning;
  • anonim kripto-aktivlar mayningi;
  • ro‘yxatga olinmagan manzilda mayning;
  • elektr energiyasidan hisobga olish uskunasini chetlab o‘tib foydalanish;
  • ruxsatnomani boshqa shaxsga berish.

Mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni realizatsiya qilish O‘zbekistondagi litsenziyalangan kripto-birjalar orqali amalga oshiriladi.

Muhim: mayningni jismoniy shaxs sifatida yoki tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish qonuniy hisoblanmaydi va belgilangan javobgarlik choralariga sabab bo‘lishi mumkin.

Mayningni amalga oshirish tartibi ro‘yxat raqami 3461 bo‘lgan Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom, yig‘imlar esa ro‘yxat raqami 3388 bo‘lgan nizom bilan belgilangan. Maxsus mayning zonasiga oid imtiyozlar Prezidentning 2026-yil 17-apreldagi PQ–143-son qarorida nazarda tutilgan.

Chat