Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16432 marta o'qildi

Avtomototransport vositasining ijara (tekin foydalanish) shartnomasi notarius tomonidan faqat maxsus gerbli blankada tasdiqlanadi.

  • Ijara (tekin foydalanish) shartnomasi yashash joyi (doimiy yoki vaqtinchalik) qat’i nazar, istalgan notarial idorada rasmiylashtirilishi mumkin.

Ijara shartnomasini tasdiqlash uchun notarial idoraga taqdim etiladigan hujjatlar
  • taraflarning pasporti;
  • avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (texpasport);
  • agar avtomototransport vositasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lsa, erning (xotinning) roziligi;
  • agar avtomototransport vositasi garovda turgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi;
  • agar shartnoma vakil tomonidan tuzilayotgan bo‘lsa, uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).

  • Ijara shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji undiriladi.

Notarius qo‘shimcha pullik xizmatlari
  • Gerb yig‘imi;
  • Taqiq mavjud yoki yo‘qligini tekshirish:
  • Tushuntirish;
  • Shartnoma loyihasini tuzish.
  

Chat