
«Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim tashkilotlariga abiturientlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2 iyundagi 417-son qaroriga ko‘ra, mazkur qo‘shimcha kvota:
Ushbu shaxslar tegishli umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki boshlang‘ich professional ta’limni tugatganligi haqidagi hujjatga ega bo‘lishi kerak.
III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 2 foizlik qo‘shimcha davlat granti kvotasi tatbiq etilmaydi. Biroq ular umumiy tartibda o‘qishga kirish huquqiga ega.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota asosida o‘qishga qabul qilish kirish imtihonlari — test sinovlari yoki kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kirish imtihonida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning kamida 30 foizini to‘plagan abiturientlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda 2 foizlik qo‘shimcha davlat granti kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
Alohida qabul parametrlari bo‘yicha imtiyoz abiturient tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nisbatan qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha kvota bo‘yicha talabalikka tavsiya etilmagan abiturient to‘plagan ballari bilan o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy sayti orqali ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda — har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar, shu jumladan 25-iyunь kuni:
Ikkinchi bosqichda — test sinovlari to‘liq yakunlanganidan keyin 15 kun davomida:
Nogironligi bo‘lgan shaxs, jumladan ko‘zi ojiz abiturient haqidagi ma’lumotlar Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimidan real vaqt rejimida olinadi.
Odatda test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
Biroq I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogironligi bo‘lgan bolalardan test sinovida ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi.
Nogironligi bo‘lgan abiturient test sinovida ishtirok etish to‘lovidan ozod qilinadi.
Oliy ta’lim tashkilotining qabul komissiyasi imtihon o‘tkaziladigan bino va auditoriyalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ularning ehtiyojlariga mos zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashi shart.
Ko‘zi ojiz abiturientlar uchun alohida qabul tartibi belgilangan. Ular kirish imtihonlarini ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha an’anaviy shaklda, yozma yoki og‘zaki tarzda topshiradi. Ular bilan ishlash uchun maxsus mas’ul xodim ajratiladi va zarur maslahatlar tashkil etiladi.
Ko‘zi ojiz abiturient kirish imtihonida maksimal ballning 55 foizi yoki undan yuqori natijani yoxud besh ballik baholash tizimida «3», «4» yoki «5» baho olsa, belgilangan tartibda tanlovsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.