Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2698 marta o'qildi

Svetoforning asosiy signallari

Yashil signal harakatlanishga ruxsat beradi. Miltillovchi yashil signal ham harakatlanishga ruxsat beradi, biroq uning amal qilish vaqti tugayotgani va tez orada taqiqlovchi signal yonishini bildiradi.

Sariq signal harakatlanishni taqiqlaydi va signallar almashishi haqida ogohlantiradi.

Miltillovchi sariq signal ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga ruxsat beradi hamda tartibga solinmagan chorraha, piyodalar o‘tish joyi yoki boshqa xavf mavjudligini anglatadi.

Qizil va miltillovchi qizil signal harakatlanishni taqiqlaydi. Qizil va sariq signallarning bir vaqtda yonishi ham harakatlanishni taqiqlaydi va tez orada yashil signal yonishini bildiradi.

Sariq signalda odatda harakatni davom ettirish mumkin emas. Faqat yashil signaldan keyin sariq signal yonganda belgilangan joyda keskin tormoz bermasdan to‘xtashga ulgurmaydigan haydovchi harakatni davom ettirishi mumkin.

Qaerda to‘xtash kerak

Taqiqlovchi signalda transport vositasi:

  • to‘xtash chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisi oldida;
  • ular bo‘lmasa, chorrahada piyodalarga xalaqit bermagan holda qatnov qismlari kesishmasi oldida;
  • boshqa joylarda svetofor oldida to‘xtatilishi kerak.

Transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi lozim.

Qo‘shimcha sektsiya va tartibga soluvchi

Yo‘naltirgich shaklidagi signal faqat unda ko‘rsatilgan yo‘nalishga taalluqli. Qo‘shimcha sektsiyadagi signal o‘chgan bo‘lsa, u tartibga solayotgan yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanadi.

Agar tartibga soluvchining ko‘rsatmasi svetofor, yo‘l belgisi yoki chizig‘i talabiga zid bo‘lsa, tartibga soluvchining ko‘rsatmasiga amal qilinadi.

Chat