Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 233 marta o'qildi

Firma - Chto takoe Firma? - Texnicheskaya Biblioteka Neftegaz.RU

Yuridik shaxsning firma nomiga davlatning to‘liq yoki qisqartirilgan rasmiy nomini, jumladan, «O‘zbekiston» yoki «O‘zbekiston Respublikasi» nomini o‘zboshimchalik bilan kiritish mumkin emas. Bunday nomdan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladi.

Davlat nomi beriladigan yuridik shaxslar

Davlatning rasmiy yoki qisqartirilgan nomi quyidagi yuridik shaxslarning firma nomiga kiritilishi mumkin:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoxud faoliyati tashkil etiladigan yuridik shaxslar — agar ularning nomi tegishli hujjatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;
  • ustav fondida yoki ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
  • respublika ahamiyatiga ega yuridik shaxslar birlashmalari;
  • respublika yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek xo‘jalik birlashmalarining Adliya vazirligiga taqdim etgan murojaati asosida — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Mazkur tartib tijorat banklari, kredit byurolari va xorijiy tijorat tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.

Murojaat qilish tartibi

Yuridik shaxs yoki uning vakolatli vakili:

  • Davlat xizmatlari markaziga shaxsan;
  • Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidagi shaxsiy kabinet orqali murojaat qiladi.

So‘rovnomada yuridik shaxsning STIRi, vakilning F.I.O. va JShShIRi hamda tanlangan firma nomining to‘liq yoki qisqartirilgan shakli ko‘rsatiladi.

Talab etiladigan hujjatlar

Yuridik shaxsning toifasiga qarab so‘rovnomaga:

  • yuridik shaxsni tashkil etish yoki uning faoliyatini tashkil qilish nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjat;
  • davlat organi yoki tashkilotining qarori yoxud buyrug‘i;
  • davlat ulushini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga kiritish to‘g‘risidagi qaror;
  • yuridik shaxslar birlashmasi a’zolari umumiy yig‘ilishining tasdiqlangan bayonnomasi va dastlabki ta’sis hujjatlari;
  • xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona bo‘yicha tegishli organ yoki xo‘jalik birlashmasining murojaati ilova qilinadi.

Elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlar PDF formatida bo‘lishi kerak.

Yig‘im va ko‘rib chiqish muddati

Davlat xizmati uchun BHMning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Qonunlar, Oliy Majlis palatalari, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda davlat muassasalari uchun xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Vakolatli organ so‘rovnomani 2 ish kunida ko‘rib chiqadi. Firma nomi ma’qullanganidan keyin ariza beruvchi yig‘imni 10 kun ichida to‘lashi lozim. To‘lov amalga oshirilgach, firma nomi band qilinganligi haqidagi xabarnoma 1 ish soatida yuboriladi.

Tanlangan firma nomi tizimda 60 kunga zaxiraga olinadi.

Muhim! Firma nomi boshqa shaxs tomonidan avval zaxiraga olingan bo‘lsa, «Firma nomlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga zid bo‘lsa yoki mazkur davlat xizmati tatbiq etilmaydigan tashkilot uchun so‘ralsa, xizmat ko‘rsatish rad etiladi. Boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

Chat