Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4648 marta o'qildi
2025 yilda yo'l harakati qoidalari buzish jarimalariga qanday o'zgarishlar  kiritildi?

Jarimani chegirma bilan to‘lash

Ma’muriy jarima to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab:

  • 15 kun ichida jarimaning 50 foizi;
  • 30 kun ichida jarimaning 70 foizi ixtiyoriy ravishda to‘lansa, qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Soddalashtirilgan tartib:

  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131, 132, 136, 140-moddalarida va 211-moddasi uchinchi qismidagi huquqbuzarliklarda;
  • qaror ustidan shikoyat yoki protest berilganda;
  • xuddi shunday huquqbuzarlik jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilganda qo‘llanilmaydi.

Haydovchini «ko‘p marta qoida buzgani» uchun barcha jarimalar bo‘yicha avtomatik ravishda bir yilga 50 foizlik chegirmadan mahrum qilish haqidagi umumiy qoida mavjud emas. Chegirma har bir holatda Kodeksda belgilangan istisnolar asosida baholanadi.

Jarima ballari tizimi

Jarima ballari birinchi tegishli qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab 12 oy davomida hisoblanadi.

2026-yil 1 apreldan ballar:

  • YHXX xodimi rasmiylashtirgan materiallar;
  • maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan tegishli qoidabuzarliklar bo‘yicha ham hisoblanadi.

Haydovchining ballari 8 ballga etganda SMS-ogohlantirish yuboriladi. Ballar bir yil davomida 12 balldan oshsa, materiallar haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqish uchun sudga yuboriladi. Mahrum qilish muddati kamida 6 oy bo‘ladi.

Ballarni kamaytirish

Agar haydovchi:

  • 12 oy davomida qoida buzmagan bo‘lsa, keyingi davrdagi birinchi qoidabuzarlik uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi;
  • oxirgi ball hisoblanganidan keyin 6 oy davomida tegishli yangi qoidabuzarlik sodir etmasa, umumiy hisobidan 2 ball chiqariladi.

Jarima balli hisoblanishi haydovchini asosiy jarima yoki boshqa jazodan ozod qilmaydi.

Chat