
Konstitutsiya har kimga axborotni izlash, olish va tarqatish huquqini beradi. Biroq bu huquq boshqa shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga zarar etkazadigan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan yolg‘on axborotni tarqatish huquqini anglatmaydi.
Yolg‘on axborot og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda, shu jumladan:
Muhim: boshqa shaxs tayyorlagan xabarni tekshirmasdan qayta jo‘natish yoki ijtimoiy tarmoqda ulashish ham axborotni tarqatish sifatida huquqiy baholanishi mumkin.
Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish uchun BHMning 50 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Jamoat tartibi yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi.
Ushbu choralar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202²-moddasida nazarda tutilgan.
Shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana yolg‘on axborot tarqatilsa:
Jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot ma’muriy jazodan keyin takroran tarqatilsa, jarima BHMning 200 baravarigacha, majburiy jamoat ishlari esa 300 soatgacha bo‘lishi mumkin.
Qilmish takroran, xavfli retsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda zarar etkazgan holda, ommaviy tadbir yoki favqulodda vaziyat vaqtida yoxud uyushgan guruh tomonidan sodir etilsa, og‘irroq jazo qo‘llaniladi.
Jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksining 244⁶-moddasida belgilangan.
Axborotning manbasi, e’lon qilingan sanasi va rasmiy munosabat mavjudligi tekshirilishi lozim. Xabar sarlavhasi yoki videoning qisqa parchasi emas, balki to‘liq mazmuni va dastlabki manbasi baholanishi kerak.