Shaxsga doir ma’lumot — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron, qog‘oz yoxud boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Bunday ma’lumotlarga:
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, foydalanish, berish, tarqatish va yo‘q qilish qonuniy asosga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy qoidaga ko‘ra, ma’lumotlarga sub’ektning roziligi asosida ishlov beriladi. Qonunda nazarda tutilgan majburiyatni bajarish, shartnomani ijro etish, shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘ini himoya qilish kabi hollarda roziliksiz ishlov berishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ma’lumotlar aniq maqsad uchun va shu maqsadga etishishga zarur hajmdagina yig‘ilishi lozim.
Muhim: sub’ektning roziligi ma’lumotlarni istalgan maqsadda va cheklanmagan muddat davomida ishlatish huquqini bermaydi.
Shaxs:
Qonunda belgilangan ayrim ma’lumotlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining biometrik va boshqa alohida himoya talab qiladigan ma’lumotlari O‘zbekiston hududida joylashgan texnik vositalarda saqlanishi shart.
Ma’lumotni chet davlatga uzatishda uning etarli darajada himoya qilinishi yoki qonunda belgilangan boshqa kafolatlar mavjudligi ta’minlanadi.
Ma’lumotlarni qonunga xilof yig‘ish, saqlash, foydalanish, berish, tarqatish yoki yo‘q qilish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ma’muriy jazodan keyin takroran sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkin.
Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ishlov berish yoki ularni Internetda tarqatish uchun ham alohida javobgarlik belgilangan.
Talablar «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46²-moddasi va Jinoyat kodeksining 141²-moddasida belgilangan.