Tadbirkorlik faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish noqonuniy tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi.
Javobgarlik choralari
Noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish:
- huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi;
- ancha miqdorda nazorat qilinmaydigan daromad olingan bo‘lsa, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinadi;
- ko‘p miqdorda nazorat qilinmaydigan daromad olingan bo‘lsa, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha jarima solinadi.
Muhim! Jarima qo‘llanilishi shaxsni tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Javobgarlikdan ozod qilish shartlari
Birinchi marta mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs quyidagi shartlarning barchasini bajarsa, huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinmagan holda javobgarlikdan ozod etiladi:
- huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab 30 kun ichida soliqlar va yig‘imlar tarzida davlatga etkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplasa;
- tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tsa;
- faoliyat uchun zarur litsenziya yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirsa.