Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7995 marta o'qildi

Jena namushka godenika si v’v vrata, ne bil s’glasen s ideite za svatbata

Qachon sudga bormasdan ajrashish mumkin?

Er-xotinning voyaga etmagan farzandlari bo‘lmasa va ikkalasi ham nikohdan ajrashishga rozi bo‘lsa, nikoh FHDYo organida bekor qilinishi mumkin. Bunda mulkiy nizo ham bo‘lmasligi kerak.

FHDYo orqali ajrashish uchun ariza beruvchilar o‘rtada voyaga etmagan farzandlar va mulkiy nizolar yo‘qligini tasdiqlaydilar. Agar xotin homilador bo‘lsa, FHDYo organi bunday arizani qabul qilishni rad etadi.

Voyaga etmagan farzand, mulkiy nizo yoki qonun talab qiladigan boshqa sudga murojaat qilish asosi mavjud bo‘lsa, nikohdan ajrashish FHDYo orqali emas, sud tartibida amalga oshiriladi.

Arizani qaerga berish mumkin?

Nikoh O‘zbekiston FHDYo organlarida qayd etilgan bo‘lsa, er-xotin nikohdan ajratish haqidagi arizani doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDYo organiga berishlari mumkin.

Shuningdek, qonunchilikda belgilangan holatlarda arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda berish mumkin. Bunda er-xotinning shaxsi Face-ID yoki MyID orqali tasdiqlanadi va bu tasdiq ularning nikohdan ajrashishga roziligini bildiradi.

Agar er yoki xotin FHDYoga bora olmasa-chi?

Agar er yoki xotin ariza berish uchun FHDYo organiga kela olmasa, ular nomidan birgalikda tuzilgan arizani ikkinchi taraf topshirishi mumkin.

Kela olmagan shaxsning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki FHDYo organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada nikohdan ajrashishga o‘zaro rozilik, voyaga etmagan bolalar yo‘qligi va ayrim hollarda ajrashishni uning ishtirokisiz qayd etishga rozilik tasdiqlanadi.

Ajrashish uchun qancha vaqt kutish kerak?

O‘zaro rozilik asosida FHDYoga ariza berilganda nikohdan ajratish ariza berilgan kundan boshlab 3 oy o‘tgach qayd etiladi. Bu davrda FHDYo organi er-xotinni yarashtirish choralarini ko‘rish uchun tegishli fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini 3 kundan kechiktirmay xabardor qiladi.

3 oylik muddat nikohdan ajrashish ariza berilgan kuni amalga oshiriladi degani emas. Nikoh FHDYo organida ushbu muddat o‘tgach qayd etiladi.

Bir tomonning arizasi bilan sudsiz ajrashish mumkinmi?

Ha, lekin faqat qonunda belgilangan maxsus holatlarda.

Er yoki xotindan biri:

  • sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan;
  • ruhiyati buzilishi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
  • sodir etgan jinoyati uchun kamida 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, ikkinchi turmush o‘rtoqning arizasiga ko‘ra nikoh FHDYo organida bekor qilinishi mumkin. Bu holatda o‘rtada voyaga etmagan umumiy bolalar bor-yo‘qligi ahamiyatga ega emas.

Biroq bolalar, umumiy mol-mulk yoki muhtoj mehnatga layoqatsiz er yoki xotinga ta’minot berish bo‘yicha nizo mavjud bo‘lsa, nikoh sud tartibida bekor qilinadi.

Davlat boji to‘lanadimi?

Ha. FHDYo orqali nikohdan ajratish qayd etilganda davlat boji qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi. Er-xotinning o‘zaro kelishuviga ko‘ra boj ulardan biri yoki ikkalasidan undirilishi mumkin.

Faqat bir tomon ishtirokida nikohdan ajratish qayd etilsa, davlat boji to‘liq miqdorda undiriladi.

Chat