Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8977 marta o'qildi

Olib kirish muddati tugagan taqdirda, xorijiy avtotransport vositasi:

  • O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi lozim;
  • boj to‘lovlarini to‘lash sharti bilan «vaqtincha olib kirish» yoxud boshqa rejimga rasmiylashtiriladi.

Bir yil davomida bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddat o‘tgandan so‘ng xorijiy avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishiga qaytarib olib chiqib ketish muddati o‘tgan har bir kun uchun dvigatelь hajmining har kub. santimetridan — 0,01 AQSh dollari miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.

  • Yig‘imlar AQSh dollarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ularni to‘lash kunida belgilangan kurs bo‘yicha hisoblanadi.
  • milliy valyuta — so‘mda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ularni to‘lash kunida belgilangan kurs bo‘yicha to‘lanadi;
  • bojxona posti tomonidan undiriladi yoki haydovchi tomonidan elektron tarzda masofadan real vaqt rejimida to‘lanadi;
  • bank orqali to‘langanda bank kvitantsiyasi asosida kirim qilinadi.

Xorijiy avtotransport vositasini olib chiqish muddatini buzganlik uchun tegishli chora ko‘rilib, yig‘im to‘liq undirilgunga qadar avtotransport vositasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi yoki bojxona posti tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.

Yig‘im quyidagi hollarda to‘lanmaydi:

  • bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;
  • agar vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki engib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa.

Qonun hujjatlari qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda, xorijiy avtotransport vositasi musodara qilinishi mumkin.

Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan ma’lumotlar.

Chat