Unga ko‘ra, 6 ta yo‘nalish doirasidagi 31 ta mezon bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 190 ta indikator belgilab berildi.
Bunda 8 ta (4.2 %) majburiy indikatorlar (mas’ul tarkibiy tuzilmani tashkil etishning aniq rejasi mavjudligi, talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda o‘quv xonalari bilan ta’minlanganlik va b.) hamda 182 ta (95.8 %) umumiy indikatorlar (fan mazmuniga mos xorijiy adabiyotlardan foydalanish, talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, qabul parametrlarini belgilashda axborot-resurs markazining imkoniyatlarini hisobga olish va b.) mavjud bo‘lib, «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.
Bunda:
▪️ 50 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas»;
▪️ 50 % dan 70 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;
▪️ 70 % va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq» deb topiladi.
Majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon «muvofiq emas» deb topiladi.