Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 72 marta o'qildi
“Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–398-son, 30.12.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va ta’mirlashni moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:

► umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

► ta’lim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar, o‘quv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash;

► boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Chat