Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 61 marta o'qildi
“Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–394-son, 30.12.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, strategik rejalashtirish hujjatlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. Bunda:

► maqsadli ko‘rsatkichlarga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga erishish bo‘yicha haqiqiy ma’lumotlar, natijalar va tasdiqlovchi hujjatlar doimiy ravishda kiritib boriladi;

► milliy darajadagi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlat organlari reytingi tuziladi va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Davlat organlari faolligining milliy reytingini shakllantirishda inobatga olinadi;

► Raqamli platformada soha, tarmoq, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalar asoslantirilmagan loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilmaydi.

✅ Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish “Islohotlar shtablari” bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

Chat