Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1976 marta o'qildi

Tizimning maqsadi

«Ekologik transport» tizimi transport vositalaridan chiqadigan zararli tashlamalarni kamaytirish va havo sifatini yaxshilash uchun joriy etilgan.

Transport vositalari ekologik holatiga qarab:

  • «toza» — yashil stiker;
  • «o‘rta» — sariq stiker;
  • «zararli» — qizil stiker toifalariga ajratiladi.

Tizimning birinchi bosqichi 2026-yil 1 yanvardan Toshkent shahrida joriy etilgan.

Ekologik toifa qanday aniqlanadi?

Ekologik toifa, birinchi navbatda, ishlab chiqaruvchi tasdiqlagan «Evro» yoki unga muqobil ekologik sinf asosida avtomatik aniqlanadi. Ekologik sinfni aniqlash imkoni bo‘lmasa, transport vositasi diagnostika tekshiruvidan o‘tkaziladi.

Birinchi marta ekologik toifani belgilash, diagnostikadan o‘tkazish va stiker berish uchun alohida to‘lov undirilmaydi. Bir yilda bir marta toifani yaxshilash maqsadida qayta diagnostika ham bepul. Undan ortiq har bir qayta diagnostika uchun 1 BHM to‘lanadi.

Foydalanishdagi transport vositasi egasi stiker olish uchun YHXX rasmiy veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ixtiyoriy murojaat qilishi mumkin. Pochta orqali yuborish xarajati BHMning 5 foizini tashkil etadi.

Ekologik stiker muddatsiz beriladi va old oynaning ichki tomonidagi pastki o‘ng burchakka yopishtiriladi.

Qaysi transport vositalariga tatbiq etilmaydi?

Tartib, jumladan:

  • tranzit transport vositalariga;
  • O‘zbekistonda 90 kungacha vaqtincha bo‘lgan transportga;
  • elektromobil, elektromototsikl, mototsikl, skuter va mopedlarga;
  • ayrim tezkor va maxsus transportlarga;
  • taksi va yo‘nalishli taksidan tashqari jamoat transportiga;
  • qishloq xo‘jaligi texnikasiga;
  • «nogironligi bo‘lgan shaxs» belgisi o‘rnatilgan transportga tatbiq etilmaydi.

Ekologik stikerning rangi transport vositasining yoshigagina emas, uning ekologik sinfi yoki diagnostika natijasiga qarab belgilanadi.

Chat