Deputat guvohnomasi — deputatning shaxsi va deputatlik vakolatlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjat.
Deputatning ko‘krak nishoni — shaxsning mahalliy Kengash deputati maqomiga ega ekanini ko‘rsatuvchi rasmiy belgi.
Ko‘krak nishoni ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Guvohnoma va ko‘krak nishoni deputat saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin:
Guvohnoma tegishli saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Deputat guvohnoma va ko‘krak nishonidan o‘z vakolati muddati davomida foydalanadi.
Deputat vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini ko‘rsatib:
huquqidan foydalanishi mumkin.
Guvohnoma yoki ko‘krak nishonini boshqa shaxsga berish va ularni deputatdan olib qo‘yish taqiqlanadi.
Deputat yaroqsiz holga kelgan guvohnoma yoki ko‘krak nishoni haqida Kengash orqali tegishli saylov komissiyasiga ikki ish kuni ichida ariza berishi kerak.
Yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga deputatga navbatdagi tartib raqami bilan yangi guvohnoma beriladi.
Yo‘qolish holati haqida ham belgilangan tartibda saylov komissiyasiga xabar berilishi kerak.
Deputat vakolat muddatini to‘liq o‘tagan bo‘lsa, guvohnoma va ko‘krak nishoni o‘z kuchini yo‘qotadi va unda esdalik sifatida qoladi.
Deputatning vakolati muddatidan ilgari tugatilsa, guvohnoma va ko‘krak nishoni Kengash kotibiyati orqali ikki ish kunidan kechiktirmay tegishli saylov komissiyasiga qaytarilishi shart.
Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 6-yanvardagi 1019-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan.
Amaldagi tartib Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31 oktyabrdagi 1416-son qarori bilan belgilangan.
Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31 oktyabrdagi 1416-son qarori