Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 81 marta o'qildi

Qonun (O‘RQ–1144-son, 07.05.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.


Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarning kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlamaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi huquq egasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda, huquq egasi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etib, uning vasiyatnoma yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlari mavjud bo‘lmaganda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan sud qarori asosida muddatidan oldin tugatilishi mumkin.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga ishonch telefoni tushunchasi kiritildi.

Unga ko‘ra, ishonch telefoni – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan maxsus telefon aloqa tizimi hisoblanadi.

Bunda ishonch telefoni orqali kelib tushadigan murojaatlarni markazlashtirilgan holda qabul qilish hamda ularni ishlovdan o‘tkazish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida kerakli texnik resurslarga ega bo‘lgan bo‘linmalar (koll-markazlar) faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi belgilandi.

Chat