Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 78 marta o'qildi

Adliya vazirligi Dastlabki, davriy va to‘liq bo‘lmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3296-5, 25.05.2026-y.)


 1. Tovarlar davriy bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona hududiga kirib kelganda deklaratsiyalovchining murojaatiga asosan bojxona boji va soliqlarni har bir tovar turkumi uchun alohida to‘lash tartibi belgilandi.
 
✅ Unga ko‘ra, bojxona organi tomonidan davriy bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha hisobot rasmiylashtiriladi hamda yuritib boriladi.
 
2. Tovarlarni keyinchalik to‘liq bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etish orqali dastlabki deklaratsiyalash tartibi belgilandi.
 
Unga ko‘ra, muvofiqlik sertifikati, ekologik sertifikat, veterinariya sertifikati, sanitariya-epidemiologik xulosa, karantin ruxsatnomasi hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnomalar mavjud bo‘lmaganda ham keyinchalik to‘liq bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish sharti bilan tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash mumkin.
 
3. Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi asosida tovarlarni deklaratsiyalashda to‘liq bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish mumkin bo‘lmagan holatlar chiqarib tashlandi.

Chat