Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 42 marta o'qildi

Adliya vazirligi Fond birjasi va qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3851, 09.06.2026-y.)


Mazkur Nizom fond birjasi va qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi sifatidagi professional faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
 
Fond birjasi va qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik shaxslarga cheklanmagan muddatga litsenziya beriladi.
 
✅ Ushbu hujjatda litsenziya talabgori uchun quyidagi litsenziya talab va shartlari belgilangan:
 
♦ ustav fondini BHMning 5 800 baravari miqdorida pul mablag‘i ko‘rinishida shakllantirish;
 
♦ ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, norezidentlarga realizatsiya qilish hamda litsenziatning direktori va uning o‘rinbosarlari almashishini litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
 
♦ birja tovarlariga talab va taklif nisbati asosida ularga kotirovkani amalga oshirish va boshqalar.
 
⛔️ Litsenziyalovchi organ (Istiqbolli loyihalar milliy agentligi) tomonidan litsenziya olish bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek litsenziyani qayta rasmiylashtirganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
 
Litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi qabul qilingan kundan e’tiboran 20 ish kuni ichida qabul qilinadi.
 
Litsenziya QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Chat