Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5096 marta o'qildi

Chiptalarni oldindan sotish

Avtomatlashtirilgan tizim bilan jihozlanmagan kassalarda chiptalarni oldindan sotish muddati tashuvchi tomonidan belgilanadi, lekin poezdning chiptada ko‘rsatilgan jo‘nash stantsiyasidan jo‘nab ketishidan 45 sutkadan oshmasligi kerak.

«Borish», «kelish», boshqa stantsiyadan ketish, chiptani uyga etkazib berish, shuningdek korxona va tashkilotlarning buyurtmalari bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda poezd jo‘nashidan kamida 5 sutka oldin qabul qilinadi.

Chipta sotishning tugash vaqti avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish texnologik jarayoni asosida belgilanadi va yo‘lovchilarga ma’lum qilinadi.

Chiptaning to‘liq qiymati

Chiptaning to‘liq qiymati:

  • chipta qiymati — yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchini tashish uchun hisoblangan to‘lov;
  • platskarta qiymati — vagondan foydalanish va safar davomida yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan to‘lov;
  • chiptani rasmiylashtirishda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov yig‘indisidan iborat.

Poezdda yurish qiymati vagon turi, poezd toifasi va qatnash masofasiga qarab belgilanadi.

Vositachilik yig‘imi

Aholiga chipta sotish va poezddagi joyni zaxiraga qo‘yish bilan bog‘liq xizmatlar uchun vositachilik yig‘imi har bir rasmiylashtirilgan joy uchun tashuvchi belgilagan shartnomaviy narxlarda undiriladi.

Vositachilik yig‘imi quyidagilar uchun chipta rasmiylashtirilganda undirilmaydi:

  • Oliy Majlis senatorlari va deputatlari;
  • maxsus ijaraga olingan vagonlar va yo‘lovchi poezdlarida ketayotgan shaxslar;
  • bepul xizmat va bir martalik chiptalar bo‘yicha ketayotgan temir yo‘l xodimlari;
  • urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar.

Barcha nogironligi bo‘lgan shaxslar avtomatik ravishda vositachilik yig‘imidan ozod qilinmaydi. Amaldagi Qoidalarda bu imtiyoz aynan urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan belgilangan.

Qo‘shimcha xizmatlar

Chiptani uyga, ish yoki dam olish joyiga etkazib berish, qatnovchi kassir tomonidan bevosita poezdda chiptani rasmiylashtirish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar uchun haq tashuvchi tomonidan tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

Chat