Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 131 marta o'qildi

Adliya vazirligi Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazish borasidagi faoliyatida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3861, 26.05.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.


Unga ko‘ra:

♦ tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi;

♦ xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi;

♦ xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’ektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

♦ xavf darajasini baholash iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, davlat xaridlari va tovar-xom ashyo birjalari faoliyati, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi sohalari bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi;

♦ huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi;

yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’ektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi;

past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi;

elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.

Chat