Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 61 marta o'qildi

Hukumat qarori (337-son, 26.06.2026-y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasida prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solish va uzluksiz nazoratni ta’minlash to‘g‘risida”gi yagona nizom tasdiqlandi.


Nizom prekursorlarni olish, jo‘natish, hisobga olish, berish, tashish, saqlash, sotish, taqsimlash, yo‘q qilish, O‘zbekistonga olib kirish hamda olib chiqish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, prekursorlarni sotib olishda xaridorning huquqiy asoslari, shu jumladan, litsenziyalar, ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari va moddadan maqsadli foydalanishni tasdiqlovchi hujjatlar tekshiriladi.

Prekursorlar ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda, harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari yoki boshqa qo‘riqlash xizmatlari tomonidan tashiladi.

Prekursorlar O‘zbekiston hududiga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan beriladigan sertifikat asosida olib kiriladi va undan olib chiqiladi.

Sertifikatdan faqat 1 marotaba foydalaniladi va uning muddati 1 yil davomida amal qiladi.

Prekursorlardan foydalanuvchilar kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchilardan “Xavfsizlik pasporti”ni talab qilishlari lozim.

⛔️ Prekursorlar quyidagi holatlarda yo‘q qilinadi:

♦ ularning yaroqlilik muddati tugaganda;

♦ ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik ta’sirga uchraganda;

♦ prekursorlarga mansubligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan hollarda.

Chat