Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 506 marta o'qildi

Elektron ruxsatnoma

2026-yil 1-avgustdan transport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqishga ruxsat faqat ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi organ yoki ijro organi tomonidan «Jarima maydonchasi» axborot tizimida QR-kod bilan tasdiqlangan elektron shaklda yuboriladi.

Qog‘oz shaklidagi alohida ruxsatnomani talab qilish ushbu elektron tartibning mazmuniga muvofiq emas.

Avtomobilь qachon qaytariladi?

Transport vositasini ushlab turish sabablari bartaraf etilgandan keyin vakolatli mansabdor shaxs axborot tizimi orqali uni olib chiqishga ruxsat beradi.

Ruxsat haqidagi xabar:

  • haydovchiga elektron axborot tizimi yoki SMS orqali;
  • jarima maydonchasi operatoriga «Jarima maydonchasi» axborot tizimi orqali yuboriladi.

Avtomobilь haydovchiga, egasiga yoki uning vakiliga transportni evakuatsiya qilish va saqlash xizmatlari uchun haq to‘langanidan keyin beriladi.

Transport vositasini jarima maydonchasidan berish kunu-tun amalga oshirilishi shart.

To‘lov va transportning saqlanishi

Saqlash muddati avtomobilь maydonchaga joylashtirilgan paytdan boshlab soatlarda hisoblanadi. Evakuatsiya va saqlash xarajatlari tasdiqlangan, hudud uchun belgilangan cheklangan miqdordan oshmaydigan tariflar bo‘yicha undiriladi. To‘lov qilinganda chek berilishi shart.

Avtomobilь maydonchaga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan berilganidan keyin uning va salondagi mol-mulkning saqlanishi uchun xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs javobgar bo‘ladi. Tashish yoki saqlash vaqtida etkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.

Chat