Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 401 marta o'qildi

Piyodalarning qoidabuzarligi

Quyidagi harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi:

  • svetofor yoki tartibga soluvchining signallariga bo‘ysunmaslik;
  • qatnov qismini belgilanmagan joydan kesib o‘tish;
  • qatnov qismida, shu jumladan piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanish;
  • kitob yoki davriy nashrlarni o‘qish;
  • video ko‘rish yoki audio tinglash;
  • e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish.

Bu harakatlar uchun ma’muriy ogohlantirish yoki BHMning uchdan bir qismi miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari

Haydovchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida qatnov qismida turish yoki yo‘lga ajratilgan mintaqa atrofida mol boqish uchun ma’muriy ogohlantirish yoki BHMning yarmi miqdorida jarima belgilangan.

Agar yuqoridagi huquqbuzarliklar avariya holatini keltirib chiqarsa, 1 BHM miqdorida jarima solinadi.

Harakatlanayotgan transport vositasida yo‘lovchining qo‘ldan tashqari tana qismlarini salondan chiqarishi ham 1 BHM miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

Skuter, moped va velosiped boshqaruvchilari

Nur qaytargichlar va chiroqlar bilan belgilangan tartibda jihozlanmagan skuter, moped, velosiped, individual harakatlanish vositasi yoki ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositasi yoki skuterda odam tashish uchun BHMning yarmi miqdorida jarima belgilangan.

Ushbu vositalarni mast holda boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini buzish 3 BHM miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

Ma’muriy ogohlantirish avtomatik ravishda qo‘llanilmaydi. Shaxs qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa, boshqa huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmasa va unga bir yil ichida bunday ogohlantirish berilmagan bo‘lsa, vakolatli organ ogohlantirish qo‘llashi mumkin.

Chat