Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6 marta o'qildi

Hokim yordamchisi mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning daromadini oshirishga ko‘maklashadi.


Hokim yordamchisi quyidagi yo‘nalishlarda ishlaydi:

  • ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashish;

  • fuqarolarning ishga joylashishiga yordam berish;

  • tadbirkorlik boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga maslahat berish;

  • kredit va subsidiyalar olish bo‘yicha ko‘maklashish;

  • mahallada kichik biznes va mikroloyihalarni amalga oshirish;

  • bo‘sh turgan bino, inshoot va er maydonlaridan foydalanishga ko‘maklashish;

  • tomorqa va ijara erlaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

  • xorijdan qaytgan mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari bilan ishlash;

  • Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning daromadini oshirish choralarini ko‘rish.

Ish topish, kasb o‘rganish yoki o‘z biznesingizni boshlash niyatingiz bo‘lsa, mahalladagi hokim yordamchisiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kredit yoki subsidiya ajratilishi belgilangan talablar va mezonlar asosida hal qilinadi.

Chat