Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 176 marta o'qildi

Yoshlar etakchisi mahalladagi yoshlarning muammolari, bandligi, ta’limi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan shug‘ullanadi.


Uning asosiy vazifalari:

  • mahalladagi yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish;

  • ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;

  • yoshlarning muammolarini manzilli o‘rganish;

  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;

  • ijtimoiy faol va tashabbuskor yoshlarga ko‘maklashish;

  • sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

  • kitobxonlikni keng rivojlantirish;

  • xorijda yashayotgan yoki ishlayotgan yosh vatandoshlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

O‘qish, kasb-hunar, ishga joylashish, “Yoshlar daftari”, sport yoki yoshlar loyihalari bo‘yicha mahalladagi yoshlar etakchisiga murojaat qilishingiz mumkin.

Chat