Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5 marta o'qildi

Soliq inspektori mahalladagi fuqarolar va tadbirkorlarga soliq majburiyatlarini tushuntirish hamda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashda ko‘maklashadi.


Soliq inspektorining asosiy vazifalari:

  • soliq to‘lovchilarni hisobga olish;

  • mol-mulk va er solig‘i bo‘yicha tushuntirish berish;

  • soliq qarzdorligi va to‘lov muddatlari haqida ma’lumot berish;

  • tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga ko‘maklashish;

  • soliqlarni ixtiyoriy va o‘z vaqtida to‘lashni targ‘ib qilish;

  • soliq majburiyatlarini bajarishda fuqarolar va tadbirkorlarga yordam berish;

  • hududdagi yashirin iqtisodiy faoliyatning oldini olish.

Mol-mulk solig‘i, er solig‘i, soliq qarzdorligi yoki tadbirkorlikni rasmiylashtirish masalalarida mahalladagi soliq inspektoriga murojaat qilishingiz mumkin.

Chat