Normativ-huquqiy hujjat — umummajburiy huquqiy normalarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan, qonunchilikka muvofiq qabul qilingan rasmiy hujjat.
O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari ularni qabul qiluvchi organ, tartibga solinadigan masala va yuridik kuchiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ular mamlakat qonunchiligini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va mamlakatning butun hududida yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
Barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va printsiplariga zid bo‘lishi mumkin emas.
Qonunlar jamiyat va davlat hayotining eng muhim va barqaror munosabatlarini tartibga soladi.
Qonunlar:
Qonunlar konstitutsiyaviy qonun yoki kodeks shaklida ham qabul qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi va Senat Konstitutsiya hamda qonunlar asosida va ularni ijro etish uchun qarorlar qabul qiladi.
Bunday qarorlar palatalarning vakolatiga kiruvchi tashkiliy, nazorat va boshqa huquqiy masalalarni tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va qonunlar asosida hamda ularni ijro etish uchun:
Prezident hujjatlari respublika hududida majburiy hisoblanadi va qonunlarga zid bo‘lishi mumkin emas.
Vazirlar Mahkamasi Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari hamda Prezident hujjatlari asosida va ularni ijro etish uchun qarorlar qabul qiladi.
Hukumat qarorlari iqtisodiyot, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va boshqa yo‘nalishlarda qonunlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjat qabul qilish vakolati berilgan taqdirda, o‘z vakolati doirasida:
Ushbu hujjatlar yuqori yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolati doirasida tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qiladi.
Bunday qarorlar:
Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
Qonun hujjatlari — Konstitutsiya, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va Oliy Majlis palatalarining qarorlari.
Qonunosti hujjatlari — Prezidentning farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Qonunosti hujjati bilan qonun darajasida tartibga solinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha yangi normalar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.