Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 454 marta o'qildi

Uchta o‘lchovi yig‘indisi 180 sm dan oshgan hamda har bir yo‘lovchiga bepul qo‘l yukini maksimal vazni 36 kg dan (ikki yotoqli vagonlar uchun — 50 kg) oshgan buyumlarni tashish taqiqlanadi.

36 kg.dan ortiqcha tashishga ruxsat etiladigan buyumlar
  • portfelь;
  • ayollar sumkachasi;
  • durbin;
  • chang‘i va unga tayoqchalar;
  • qarmoqlar;
  • fotoapparat;
  • soyabon;
  • uch o‘lchamiga ko‘ra 100 sm dan oshmaydigan boshqa kichik buyumlar.

Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poezdlarida qo‘shimcha bepul qo‘l yuklari
  • bolalar aravachasi;
  • o‘simliklar, yuqori qismi boylangan va ildizlari o‘ralgan ko‘chatlar hamda boshqa ekin materiallarini tashishga ruxsat etiladi.

  • Bunday qo‘l yukining har bir joy vazni 18 kg dan va balandligi 1,5 m dan oshmasligi kerak.
  • Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poezdlarida yo‘lovchilar tomonidan bepul me’yordan ortiq (lekin 50 kg dan oshmagan) qo‘l yukining tashilishi bagaj tarifiga binoan to‘lanishi kerak

Qo‘l yuki, uni saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarda turishi kerak.

  • Yo‘lovchi tashish poezdlarini nazorat qiluvchi shaxslar yo‘lovchi tomonidan belgilangan me’yordan ortiq qo‘l yuki tashilayotganini aniqlaganda, unga jarima va bagaj tarifi bo‘yicha butun harakat yo‘nalishi bo‘yicha (boshlanish stantsiyasidan) chiptaning to‘liq qiymatini to‘lashni taklif etishi kerak.
  • Yo‘lovchilar tomonidan tashilayotgan qo‘l yukini tortish uchun stantsiyalar (vokzallar)da tarozilar o‘rnatiladi. Yo‘lovchilar tomonidan bunday tarozilardan bepul foydalaniladi.

Televizor va boshqa maishiy texnikalarni tashish talablari
  • Televizor va shunga o‘xshash maishiy texnikani harakat yo‘nalishida qayta ortishsiz tashishda ularning saqlanishini ta’minlovchi o‘ramlarda, qayta yuklash bilan tashishlarga — faqat qattiq o‘ramlarda (yashik yoki panjarada) qabul qilinadi. Televizor va shunga o‘xshash maishiy texnikani tashish rasmiylashtirilganda o‘ramga tepasida yoki yon devorlarining birida «Ehtiyot bo‘ling, maishiy texnika» yozuvi yoziladi

Shisha yoki oynalar qadoqlarda tashiladi. Har bir yukxonada "Extiyot bo‘ling, shisha" degan yozuv bo‘lishi kerak.

Chat