Yangi tartibni nazarda tutuvchi idoraviy hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 14-sentabrda 3939-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va shu kundan kuchga kirdi.
Tekshiruv giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida amalga oshiriladi.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar tekshiruvdan hududiy harbiy-vrachlik komissiyasiga yuborilishidan oldin, kontrakt bo‘yicha xizmatga qabul qilinayotganlar esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy ko‘rikdan o‘tishidan oldin o‘tkaziladi.
Tekshiruv ikki bosqichda amalga oshiriladi: dastlab siydik namunasi ekspress-testdan o‘tkaziladi. Natija ijobiy bo‘lsa, siydik va (yoki) qon namunalari mass-spektrometrik usulda tekshiriladi.
Agar tekshiruv natijasi ijobiy chiqsa yoki fuqaro zarur biologik namunalarni taqdim etishdan bosh tortsa, u harbiy-vrachlik ko‘rigidan o‘tkazishga qo‘yilmaydi.
Shuningdek, tekshiruv jarayonida olingan shaxsiy ma’lumotlar, biologik namunalar va tahlil natijalarining maxfiyligi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori — ro‘yxat raqami 3939, 2026-yil 14-sentabrь.