Kichik uy hayvonlari va parrandalarni:
Tashish belgilangan tarif bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Shahar atrofi poezdlaridan tashqari hollarda yo‘lovchiga «Yo‘lovchining qo‘lidagi bagaj» qaydi bilan bagaj kvitantsiyasi beriladi.
Yirik, shu jumladan xizmat itlari veterinariya ma’lumotnomasi bilan:
Qafas yoki boshqa idishda bo‘lmagan it tumshuqbog‘ va tasmada bo‘lishi shart.
Muhim: ko‘zi ojiz shaxsning yo‘l boshlovchi iti barcha vagonlarda uning yonida bepul tashiladi.
Bir guruh itlarni tashish uchun poezd jo‘nashidan kamida 5 sutka oldin tashuvchiga buyurtmanoma berilishi kerak. Bunday tashish alohida vagonda ijara asosida amalga oshiriladi.
Itlar, parrandalar, kichik hayvonlar va arilar bagaj vagoniga poezd jo‘nashidan ko‘pi bilan 3 soat oldin qabul qilinadi.
Ular manzil stantsiyasida poezd kelganidan keyin 12 soatdan kechiktirmay olib ketilishi kerak.
Hayvonlarni boqish va parvarishlash ularning egasi yoki hamrohlik qiluvchi shaxs zimmasiga yuklatiladi.
Yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar, katta va kichik shoxli chorva hamda otlarni yo‘lovchi poezdlarida tashish taqiqlanadi.
Arilar bagaj vagonida tashqi havo harorati +10°C dan yuqori bo‘lmaganda qabul qilinadi.
Ular ari uyasi yoki fanerli paketda, shu poezdda ketayotgan kuzatuvchi nazoratida tashiladi. Uyalarning shamollatish teshiklari to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
O‘simlik, ko‘chat va boshqa ekish materiallari:
Karantin e’lon qilingan hududdagi stantsiyadan jo‘natilayotganda tegishli karantin hujjati taqdim etilishi shart.
Tartib Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan belgilangan.