Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13098 marta o'qildi

Kasallarni (bemorlarni) tashish tartib
  • Izolyatsiyalash talab etiladigan bemorlarni tashish izolyatsiya qilingan kupeda ketayotganlarning sonidan qat’i nazar, band qilingan kupedagi barcha joylar qiymati to‘langan holda kuzatuvchilar hamrohligida amalga oshiriladi.
  • Ushbu bemorlarni jo‘natuvchi jismoniy va yuridik shaxslar, oldindan, lekin 5 kundan kechiktirmasdan alohida kupeni tayyorlash uchun talabnomani berishlari shart.
  • Ushbu toifa yo‘lovchilarini tashish joylardagi sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining qat’iy nazorati ostida sanitariya-epidemiologiya me’yorlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
  • Bemorlar uchun ajratiladigan kupe vagonning ishlamaydigan tamburi tomonidan eng chekkada bo‘lishi, bemor va kuzatuvchi uchun vagonning o‘sha tarafidagi sanitariya uzeli biriktirilgan bo‘lishi kerak.
  • Harakat yo‘nalishida bemorning kupedan chiqishi, uni kuzatuvchi shaxsning — vagondan tashqariga chiqishi (vagon-restoranga, kupe-bufetga va boshqa joylarga borishi) taqiqlanadi.   

Mayitlarni (murdalarni, vafot etganlarni, o‘liklarni) tashish tartibi
  • Temir yo‘llar bo‘yicha mayitlar solingan tobutlarni tashish bagaj va pochta-bagaj vagonlarida, yo‘lovchilar hamrohligida amalga oshiriladi. Tobut berilishida tashishga ruxsat etilgan ruxsatnoma ko‘rsatilishi lozim.
  • Hamrohlikdagi yo‘lovchi yo‘lovchi poezdiga joylashadi va unda yo‘lovchi chiptasi bo‘lishi shart.
  • O‘lgan odamning jasadini yog‘och qutiga joylashtirilgan, puxta kavsharlangan metall tobutda tashilishi, qutining bo‘sh joylari qipiq yoki ko‘mir, torf, ohak va hokazolar bilan to‘ldirilishi kerak.
  • Mayit solingan tobutning tashilishi 300 kg bagaj tashish kabi haq to‘lanadi.
  • Xokli urnalar tashilishi 100 kg bagaj tashilishi kabi haq to‘lanadi.
  • Agar kuzatuvchi poezdga kechiksa, tobutning manzilga etkazilishi ushlanib qolinmaydi.

Chat