Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15600 marta o'qildi

FHDYo organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi.

  • Qonuniy kuchga kirgan nikohdan ajratishni qayd etish respublika sudlari qarorlari bilan er-xotindan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
  • Bunda nikohdan ajratishni qayd etishgacha FHDYo organi er yoki xotindan birining nikohdan ajratilganlik fakti rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
  • Tekshiruv sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, murojaat etilgan kungacha nikohdan ajratish to‘g‘risidagi Alfavit daftari bo‘yicha va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi (nikoh bekor qilinganligi haqida belgi qo‘yilganligi yoki yo‘qligi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
  • Agar nikohdan ajratish FHDYo organida tomonlardan birining arizasiga ko‘ra qayd etilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi tomon to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi va nikohdan ajratganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • Er yoki xotindan birining nikohdan ajralishni qayd etish to‘g‘risidagi ariza;
  • Sudning nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori.

Xizmat uchun davlat boji qonunga muvofiq undiriladi.

  • Muddat: sud qarori kuchga kirgach.
  • Natija: nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma.

  • FHDYo organlari haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
  • FHDYo organi qabuliga yozishi uchun havolaga o‘ting.
Chat