Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 41325 marta o'qildi

Sud qarori chiqqandan keyin FHDYoga borish kerakmi?

Ha. Nikohdan ajratish haqidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ham nikohdan ajratish FHDYo organida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

Buning uchun er yoki xotindan biri FHDYo organiga murojaat qilishi etarli. Shuningdek, notarial yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida vakil ham murojaat qilishi mumkin.

Nikoh sud qarori qonuniy kuchga kirgan kuni emas, FHDYo organida nikohdan ajratish qayd etilgan kuni tugaydi.

Qanday murojaat qilinadi?

Ariza FHDYo organiga bevosita yoki tegishli holatlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilishi mumkin.

Elektron murojaatda ariza beruvchining shaxsi Face-ID yoki MyID orqali tasdiqlanadi. FHDYo organi elektron ariza kelib tushganidan keyin 1 ish kunida ariza beruvchiga xabar yuboradi.

Ariza beruvchi yoki uning vakili xabar kelib tushganidan so‘ng sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asl nusxasini 5 ish kuni ichida taqdim etishi shart.

Agar sud qarorining asl nusxasi belgilangan 5 ish kunida taqdim etilmasa, elektron ariza ko‘rib chiqilmaydi.

Natijada qanday hujjat beriladi?

FHDYo organi nikohdan ajratishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, bu haqda tegishli yozuvni kiritadi. Nikohdan ajratilgan shaxslarning har biriga nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi.

Agar nikoh tuzish vaqtida familiyasini o‘zgartirgan shaxs nikohdan ajralgandan keyin nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishni istasa, bu haqda murojaatda ko‘rsatishi mumkin. Familiya o‘zgargan taqdirda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda almashtirish talab etiladi.

Nikohdan ajratishni sud qarori asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda davlat boji qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.

Chat