Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 28968 marta o'qildi

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron hujjatlarni imzolash, davlat va bank xizmatlaridan foydalanish hamda imzo egasini identifikatsiya qilish imkonini beradi.

Murojaat qilish usullari

Jismoniy va yuridik shaxslar:

  • Davlat xizmatlari markaziga bevosita;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
  • rasmiy axborot resursi orqali murojaat qilishi mumkin.

Davlat xizmatlari markazi yoki onlayn resurs orqali murojaatda shaxs va taqdim etilgan ma’lumotlar Face-ID yordamida tasdiqlanadi.

Yuridik shaxsning rahbari onlayn murojaat qilishi mumkin. Yuridik shaxsning boshqa vakili Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilib, tashkilotning tegishli xati yoki ishonchnomasini taqdim etadi.

Yig‘im miqdori

ERI kaliti sertifikatini berish uchun:

  • yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik sub’ektlaridan — BHMning 10 foizi;
  • jismoniy shaxslardan — BHMning 7 foizi undiriladi.

Yagona portal orqali murojaat qilinganda belgilangan yig‘imning 90 foizi to‘lanadi.

Ayrim o‘quvchilar hamda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da turgan fuqarolarga sertifikat bepul beriladi. Ijtimoiy reestrdagi ayrim toifalar va I–II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan tartibda chegirmalar qo‘llaniladi.

Ko‘rib chiqish muddati

Onlayn kelib tushgan ma’lumotlar vakolatli organning axborot tizimida ko‘rib chiqilib, sertifikat real vaqt rejimida rasmiylashtiriladi yoki asoslangan rad javobi beriladi.

Muhim! ERI yopiq kalitining parolini boshqa shaxslarga, shu jumladan davlat organi xodimiga berish mumkin emas. Davlat xizmatlari markazi xodimining mazkur parolni so‘rashi taqiqlangan.

Chat